Ushbu maqolada Gen Z avlodi bilan ishlashda zamonaviy HR strategiyalarining nazariy va amaliy jihatlari
tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va avtomatlashtirish jarayonlarining mehnat bozori hamda
inson resurslarini boshqarish tizimiga ta’siri o‘rganilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida moslashuvchan ish modeli,
work-life balance, uzluksiz ta’lim, psixologik qo‘llab-quvvatlash va raqamli HR texnologiyalarining samaradorligi baholangan.
Tadqiqot natijalari Gen Z avlodining motivatsiyasi, kasbiy rivojlanishi va tashkilotga sodiqligini oshirishda innovatsion
HR yondashuvlari muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida zamonaviy HR tizimini
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Publication Date: 2026-06-01