Ushbu ilmiy maqolada ingliz va o'zbek tillarida inkor kategoriyasining ifodalanishi qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida har ikki tildagi inkor shakllari, vositalari va semantik xususiyatlari o'rganilgan. Grammatik inkor, leksik inkor va kontekstual inkorning ikkala tildagi ko'rinishlari qiyoslanib, o'xshashlik va farqlar aniqlangan. Ingliz tilidagi 'not' yordamida ifodalanuvchi tahliliy inkor bilan o'zbek tilidagi qo'shimchalar orqali ifodalanuvchi sintetik inkor o'rtasidagi tipologik ziddiyat maqolaning asosiy muhokama mavzusini tashkil etadi. Bundan tashqari, ikki inkor konstruksiyasi (double negation) muammosi ham qiyosiy o'rganilgan. Maqola filologiya yo'nalishi talabalari, tilshunos olimlar va amaliy grammatika bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Publication Date: 2026-06-18