TO'QIMACHILIK SANOATI KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA'MINLASH MEXANIZMLARI

Description

To‘qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning
barqaror rivojlanishi uchun zamonaviy boshqaruv yondashuvlari zarur. Ushbu ilmiy ishda to‘qimachilik
korxonalarida strategik menejment tizimini shakllantirish va samarali joriy etish masalalari o‘rganiladi.
Tahlillar asosida korxonalarning ichki va tashqi muhitda raqobatbardoshligini ta’minlash, innovatsion
yondashuvlarni joriy qilish va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishning amaliy jihatlari
yoritiladi. Shuningdek, strategik rejalashtirish, monitoring va baholash bosqichlarining samarali tashkil etilishi
korxonaning iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida ilg‘or xorijiy
tajribalar tahlil qilinib, ular asosida milliy sharoitga mos strategik menejment modeli ishlab chiqiladi. Mazkur
ish natijalari to‘qimachilik sohasidagi menejerlar, tadqiqotchilar hamda siyosat yurituvchilar uchun nazariy va
amaliy ahamiyatga ega.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20750187

Publication Date: 2026-06-01

Back to publications list


About