Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi va “yashil transformatsiya” jarayonlarining jahon moliya bozorlariga
ko‘rsatayotgan ko‘p qirrali ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ESG (Environmental, Social
and Governance) tamoyillarining kapital bozorlari dinamikasiga integratsiyalashuvi, yashil obligatsiyalar hamda
barqaror moliyalashtirish mexanizmlarining rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, iqlim risklarining bank tizimi
va investitsion portfellarga sistematik ta’siri o‘rganilgan. Parij kelishuvi, Net Zero strategiyasi va xalqaro moliya
institutlarining iqlim siyosatidagi o‘rni hamda ularning moliyaviy oqibatlari batafsil tahlil qilingan. Rivojlangan
va rivojlanayotgan mamlakatlarning “yashil moliya” sohasidagi tajribasi qiyosiy tahlil asosida baholanib,
O‘zbekiston uchun strategik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Publication Date: 2026-06-01