Ushbu maqola sun’iy intellekt texnologiyalarining biznes jarayonlarini optimallashtirishdagi
iqtisodiy samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada sun’iy intellektning ishlab chiqarish va sanoat
korxonalarida, xizmat ko‘rsatish sohasida, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda, inson resurslarini
boshqarishda hamda innovatsion biznes yechimlarini yaratishda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy
intellekt texnologiyalarining korxonalarda samaradorlikni oshirish, xarajatlarni qisqartirish, resurslardan tejamkor
foydalanish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektning
biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali iqtisodiy natijadorlikni oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini asoslab
beradi.
Publication Date: 2026-06-01