Mazkur maqolada banklar transformatsiyasi jarayonida aktivlar samaradorligini tahlil qilish masalalari
o‘rganilgan. Jumladan, tijorat banklari aktivlarining tarkibi, shakllanish mexanizmlari va dinamik o‘zgarishlari hamda
aktivlar samaradorligini ifodalovchi moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilingan. Tijorat banklari aktivlari bank resurslaridan
foydalanish yo‘nalishlarini aks ettiruvchi muhim iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ularning tarkibi bankning daromadlilik
darajasi, likvidligi, risklarga bardoshliligi va moliyaviy barqarorligini belgilaydi. Aktivlar tarkibida kredit qo‘yilmalari, investitsiya
portfeli, boshqa banklardagi mablag‘lar, naqd pul va unga tenglashtirilgan aktivlar, shuningdek boshqa daromad
keltiruvchi moliyaviy instrumentlar muhim o‘rin tutadi.
Publication Date: 2026-06-01