|
Mazkur maqolada implantli bolalar ta’limida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi koxlear implantli bolalarning ta’lim olish, nutqiy rivojlanish va ijtimoiy integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashda yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Tadqiqotda raqamli ta’lim vositalari, multimedia platformalari, interaktiv dasturlar, mobil ilovalar va assistiv texnologiyalarning implantli bolalar rivojlanishiga ta’siri o‘rganildi. Ilmiy manbalarni nazariy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, ekspert baholash, anketa va monitoring metodlari asosida olib borilgan tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar implantli bolalarning eshituv idroki, nutqiy faolligi, o‘quv motivatsiyasi va kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, individual ta’lim trajektoriyalarini yaratish, masofaviy pedagogik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish va inklyuziv ta’lim sifatini oshirishda raqamli platformalarning ahamiyati asoslandi. Tadqiqot natijalari implantli bolalar ta’limida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda maxsus va inklyuziv ta’lim amaliyotini takomillashtirish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
|
Publication Date: 2026-06-18