|
Mazkur maqolada oila va bog‘cha hamkorligida koxlear implantli bolalarning ijtimoiy-pedagogik integratsiyasini ta’minlashning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Eshitishida chuqur nuqsoni bo‘lgan bolalarda koxlear implantatsiya natijasida eshituv imkoniyatlarining tiklanishi ularning ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim sharoit yaratsa-da, muvaffaqiyatli integratsiya ko‘p jihatdan oilaviy muhit va maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik darajasiga bog‘liqdir. Tadqiqotda koxlear implantli bolalarning bog‘cha muhitiga moslashuvi, kommunikativ faolligi, tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlari hamda ijtimoiy integratsiyasiga ta’sir etuvchi pedagogik omillar o‘rganildi. Tadqiqot davomida ilmiy manbalarni nazariy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, suhbat, anketa, ekspert baholash va monitoring metodlaridan foydalanildi. Natijalar oila va bog‘cha o‘rtasidagi tizimli hamkorlik, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, kommunikativ rivojlantiruvchi faoliyatlar hamda ota-onalarning faol ishtiroki implantli bolalarning integratsiya jarayonini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Shuningdek, oilaviy va institutsional tarbiya uyg‘unligi bolalarda ijtimoiy faollik, kommunikativ kompetentlik va emotsional moslashuvning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari implantli bolalarni maktabgacha ta’lim muhitiga integratsiyalashning samarali modelini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish uchun ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
|
Publication Date: 2026-06-18