Mazkur maqolada zamonaviy jamiyat taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillar, xususan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va ta’lim tizimi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil qilingan. Tadqiqot davomida pedagogik yo‘nalishdagi o‘quv tashkilotlarida ta’lim jarayonlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda o‘quv samaradorligini oshirishda pedagog kadrlar salohiyatining o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada intellektual resurslarning davlat ravnaqidagi strategik ahamiyati asoslanib, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini yuksaltirish bo‘yicha ilmiy-nazariy tushunchalar ilgari surilgan.
Publication Date: 2026-06-18