Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda 4K ko‘nikmalarini (tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik va kommunikatsiya) rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda amaldagi 5-sinf ona tili darsligi tahlil qilinib, interfaol metodlar, topshiriqlar va baholash mezonlari asosida 4K ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning faolligi va mustaqil fikrlash darajasini sezilarli oshiradi.
Publication Date: 2026-06-18