ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA QO'LLANGAN NUTQ FAOLIYATI BILAN BOG'LIQ FRAZEOLOGIZMLAR

Description

Ushbu maqolada Abdulla Qahhor asarlarida qoʻllangan nutq faoliyati bilan bogʻliq frazeologik birliklarning lingvistik va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Yozuvchi ijodida uchraydigan gapirmoq, soʻzlamoq, sukut saqlamoq, fikr bildirmoq, bahslashmoq kabi kommunikativ jarayonlarni ifodalovchi frazeologizmlar semantik, pragmatik va uslubiy jihatdan oʻrganiladi. Tadqiqot davomida mazkur birliklarning qahramonlar nutqini individuallashtirish, milliy madaniy qadriyatlarni aks ettirish hamda badiiy matnning ekspressivligini kuchaytirishdagi oʻrni yoritiladi. Shuningdek, nutq faoliyatiga oid frazeologizmlarning kontekstual ma'nolari va ularning badiiy-estetik vazifalari misollar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Abdulla Qahhor asarlarining lingvopoetik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda oʻzbek frazeologiyasi masalalarini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20701760

Publication Date: 2026-06-15

Back to publications list


About