Ushbu maqolada Alisher Navoiy gʻazaliyotidagi detal obrazlar tizimi, ularning falsafiy-ta’limiy tabiati va poetik strukturadagi oʻrni tadqiq etilgan. Shoir asarlaridagi oʻtkinchi dunyo, amalparastlik va mansab mas’uliyatini ifodalovchi “tobut” detali hamda uning “Mahbub ul-qulub” asari bilan gʻoyaviy bogʻliqligini ochib berilgan. Shuningdek, maqolada gʻazallar misolida Farhod, Majnun va Vomiq kabi an’anaviy obrazlarning parallel qoʻllanish xususiyatlari hamda lirik qahramon ruhiyati bilan uygʻunligi tahlil qilingan. Baytlar poetikasi talmih, tajnis, tamsil, tashxis va mubolagʻa kabi badiiy san’atlar uygʻunligida tizimli yoritilgan.
Publication Date: 2026-06-15