Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirishning nazariy
va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Jahon iqtisodiyotida raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi, kapital
bozorlarining rivojlanishi hamda investorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarga bo‘lgan talabning ortishi asosiy vositalar
hisobi sifatiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Tadqiqot davomida asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida tan olish,
dastlabki va keyingi baholash, amortizatsiya hisoblash hamda moliyaviy hisobotlarda ochib berish masalalari tahlil
qilindi. Xususan, MHXS talablari asosida aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy vositalar hisobi amaliyoti baholandi. Ilmiy
tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, iqtisodiy tahlil va sintez usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
milliy hisob amaliyotida asosiy vositalarni qayta baholash mexanizmini takomillashtirish, komponentli amortizatsiya
usulini joriy etish, qadrsizlanish testlarini muntazam o‘tkazish hamda moliyaviy hisobotlarda axborotlarni kengaytirilgan
tarzda yoritish muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, MHXS talablariga mos ravishda asosiy
vositalar hisobini tashkil qilish investorlar uchun axborot shaffofligini oshirish, korporativ boshqaruv sifatini yaxshilash
va aksiyadorlik jamiyatlarining investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qilishi asoslantirildi
Publication Date: 2026-06-01