Ushbu maqolada tijorat banklari kreditlarining daromadliligini oshirish masalalari “Asakabank” AJ misolida
tahlil qilingan. Tadqiqotda kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning bank daromad bazasini shakllantirishdagi o‘rni,
kredit portfeli sifati va tasniflangan kreditlar tarkibining bank faoliyati samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. 2020–2024-yillar
ma’lumotlari asosida korxonalarga ajratilgan kreditlar hajmi, ularning daromadlilik darajasi hamda standart, substandart,
qoniqarsiz, shubhali va umidsiz kreditlar ulushidagi o‘zgarishlar baholangan. Tahlil natijalari kreditlar daromadliligini
oshirishda kredit portfeli sifatini yaxshilash, kredit risklarini samarali boshqarish, zaxira ajratmalari darajasini maqbullashtirish
va kredit monitoringini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maqolada tijorat banklari kreditlarining
daromadliligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Publication Date: 2026-06-01