YUQORI TEZLIKDAGI TEMIR YO'LLARNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Description

Ushbu maqolada yuqori tezlikdagi temir yo‘llarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, ularning transport tizimidagi o‘rni hamda iqtisodiy va
ekologik ahamiyati tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrallarini qurish va
takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur transport turi yo‘lovchilar tashish samaradorligini oshirish, safar vaqtini qisqartirish, transport xavfsizligini
ta’minlash va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida yuqori tezlikdagi temir yo‘llarda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, raqamli boshqaruv tizimlari, energiya tejamkor yechimlar hamda ularni rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi temir yo‘l transportini rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy temir yo‘l infratuzilmasini
takomillashtirish va transport xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20700916

Publication Date: 2026-06-15

Back to publications list


About