Ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida innovatsion rivojlanishni institutsional ta’minotini nazariy va amaliy jihatlari, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘Zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish sharoitida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish soha korxonalarida klaster tizimiga asoslangan innovatsion faoliyatini moliyaviy tartibga solish, global sharoitda xizmat ko‘rsatish sohasida kichik innovatsion korxonalarni institututsional asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar o‘rin olgan. Ushbu to‘plamda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilarning innovatsion iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash muammolariga bag‘ishlangan maqola va tezislar o‘rin olgan. To‘plam materiallaridan moliya va moliaviy texnologiyalar yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, davlat organlari xizmatchilari va shu soha mutaxassislari o‘z faoliyatlarida foydalanishi mumkin. Tezislar mualliflar tahririda bosilmoqda. Ularda keltirilgan raqamlar, faktlar, xulosa va tavsiyalarga mualliflar mas’ul. Ularning ayrim fikrlari tashkiliy guruh qarashlariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Publication Date: 2024-05-17