Ushbu maqolada Temuriylar davlatining tuzilishi, boshqaruv tizimi va davlat institutlarining shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan davlat boshqaruvi, ma’muriy-hududiy tizim, harbiy tashkilot hamda moliyaviy boshqaruv mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, Temuriylar davrida davlat va jamiyat munosabatlari, markaziy hamda mahalliy boshqaruv organlarining faoliyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari Temuriylar davlati o‘z davrining mukammal boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan yirik siyosiy tuzilmalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Publication Date: 2026-05-28