Ushbu maqolada XV asrda Movarounnahrda hukm surgan Mirzo Ulug‘bek davridagi ilmiy muhit va shu davrda faoliyat yuritgan olimlarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Xususan, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa olimlarning astronomiya, matematika hamda tabiiy fanlar sohasidagi faoliyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari Ulug‘bek davrida Samarqand Sharqning yirik ilmiy markazlaridan biriga aylanganligini va bu davr ilmiy merosi jahon fanining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rsatadi.
Publication Date: 2026-05-28