Ushbu maqolada G‘aznaviylar davlati hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyatning rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Xususan, G‘azna shahrining ilmiy markaz sifatida shakllanishi, hukmdorlarning ilm ahliga ko‘rsatgan homiyligi hamda matematika, astronomiya, geografiya, tarix va adabiyot sohalaridagi yutuqlar yoritiladi. Tadqiqot natijalari G‘aznaviylar davri Sharq uyg‘onishining muhim bosqichlaridan biri bo‘lganligini ko‘rsatadi. Mazkur davrda faoliyat yuritgan olimlarning ilmiy merosi nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahon ilm-fani taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Publication Date: 2026-05-28