Ushbu maqolada GeoGebra dinamik matematik dasturi yordamida 8–11-sinf o‘quvchilariga stereometriya bo‘limini o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy raqamli yondashuvlar ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi — an’anaviy ta’lim metodikasini raqamli vositalar bilan taqqoslab, GeoGebra 3D muhitida interaktiv darslarning o‘quvchilar fazoviy tafakkuri va o‘zlashtirish darajasiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Tajribada 64 nafar o‘quvchi ishtirok etdi: 32 kishi nazorat guruhida (an’anaviy metod), 32 kishi tajriba guruhida (GeoGebra asosida). Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhida fazoviy tasavvur rivojlanishi 41,3%ga, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi esa 28,7%ga yuqori bo‘ldi. Shuningdek, motivatsiya va AKT kompetensiyasi ham statistik jihatdan sezilarli darajada o‘sgan. Maqolada GeoGebra 3D muhitida fazoviy jismlarni modellashtirish metodikasi, slider asosidagi animatsiyalar orqali kesimlarni dinamik tushuntirish usullari hamda PBL va STEM yondashuvlari bilan integratsiya imkoniyatlari batafsil yoritilgan.
Publication Date: 2026-05-30