Ushbu maqolada Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida joylashgan sel-suv omborining tarixi, texnik xususiyatlari, 2017–2023-yillardagi rekonstruktsiya jarayoni, mintaqaviy iqtisodiyotdagi oʻrni va arid (quruq) iqlim sharoitidagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Qashqadaryo viloyati Oʻzbekistonning janubida joylashgan boʻlib, iqlimi keskin kontinental, yogʻin miqdori hududning geografik joylashuviga ko’ra 111 mm dan 277 mm gacha yetadi. Bunday sharoitda suv omborlari qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishning bosh omilidir. Maqolada Dehqonobod suv omborining qurilish va ta'mirlash bosqichlari, davlat dasturidagi oʻrni, ichimlik suvi loyihasi bilan integratsiyalashuvi, loyqa bosish muammolari va ekologik transformatsiya jarayonlari ochiq hamda rasmiy manbalar asosida batafsil yoritilgan.
Publication Date: 2026-06-15