ANKSIOLITIKLAR. SEDATIV VOSITALAR. MXOLINORETSEPTORLARGA TA'SIR ETUVCHI VOSITALAR

Description

Ushbu ilmiy ishda anksiolitik va sedativ vositalar hamda M-xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi dori moddalarining farmakologik xususiyatlari, ta’sir mexanizmlari va klinik qo‘llanilishi o‘rganildi. Anksiolitiklar (benzodiazepinlar va boshqa guruhlar) markaziy
asab tizimida GABA-ergik uzatishni kuchaytirish orqali xavotir va psixoemotsional zo‘riqishni kamaytirishi tahlil qilindi. Sedativ vositalarning uyqu va tinchlantiruvchi ta’siri, ularning doza bog‘liqligi va nojo‘ya ta’sirlari ko‘rib chiqildi. M xolinoblokatorlar guruhiga mansub preparatlarning parasimpatik nerv tizimi faoliyatini susaytirish orqali turli organ tizimlariga ta’siri yoritildi. Tadqiqot farmakologiya bo‘yicha zamonaviy adabiyotlar asosida tahliliy yondashuvda amalga oshirildi. Kalit so‘zlar: Anksiolitiklar, sedativ vositalar, benzodiazepinlar, GABA-ergik tizim, M-xolinoblokatorlar, parasimpatik nerv tizimi, markaziy asab tizimi, farmakologiya

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20692641

Publication Date: 2026-06-14

Back to publications list


About