Ushbu maqolada o‘qituvchilar tayyorlash tizimida ingliz tili leksik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoniga Davlat ta’lim standartlari (DTS) tomonidan qo‘yiladigan metodik talablar tahlil qilinadi. DTS ta’lim jarayonining mazmuni, o‘quv natijalari va kompetensiyalarini belgilovchi asosiy me’yoriy hujjat sifatida ta’lim sifatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz tili leksik kompetensiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy va kommunikativ faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Ushbu kompetensiyani rivojlantirish DTS talablariga asoslangan holda metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgandagina samarali natijaga erishish mumkin. Maqolada DTS talablari, kompetensiyaga asoslangan yondashuv, leksik kompetensiyani rivojlantirish metodlari hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni yoritiladi.
Publication Date: 2026-06-14