Annotatsiya: Ushbu maqolada voleybolchilar tezlik-kuch tayyorgarligini rivojlantirishda kuchli tezlik mashqlarining o‘rni va samaradorligi tadqiq qilindi. Tadqiqotda 16-18 yoshli 30 nafar voleybolchi ishtirok etdi, ular nazorat va tajriba guruhlariga bo‘linib, 12 haftalik tajriba o‘tkazildi. Tajriba guruhida 30 metrga yugurish tezligi 0,38 soniyaga qisqardi, vertikal sakrash balandligi 14,2% ga, kuchli tezlik ko‘rsatkichlari esa 26,8% ga yaxshilandi.
Publication Date: 2026-06-14