Annotatsiya: Ushbu maqolada 13-14 yoshli basketbolchilar o‘rtasida o‘yinda qaror qabul qilish tezligini oshirishga qaratilgan maxsus texnologiya ishlab chiqildi va uning samaradorligi tadqiq qilindi. Tadqiqotda 32 nafar yosh basketbolchi ishtirok etdi, ular nazorat va tajriba guruhlariga bo‘linib, 10 haftalik tajriba o‘tkazildi. Tajriba guruhida reaksiya tezligi 0,38 soniyaga qisqardi, qaror qabul qilish vaqti 0,42 soniyaga, o‘yinda to‘g’ri qarorlar ulushi esa 23,5% ga oshdi.
Publication Date: 2026-06-14