Annotatsiya: Ushbu maqolada voleybolchilar to‘p qabul qilish texnikasini takomillashtirishda ko‘z-qo‘l koordinatsiyasini rivojlantiruvchi maxsus mashqlar majmuasining samaradorligi tadqiq qilindi. Tadqiqotda 16-18 yoshli 30 nafar voleybolchi ishtirok etdi, ular nazorat va tajriba guruhlariga bo‘linib, 10 haftalik tajriba o‘tkazildi. Tajriba guruhida qabul qilish aniqaligi 19,4% ga, ko‘z-qo‘l koordinatsiyasi ko‘rsatkichlari 22,8% ga, qabul qilish tezligi esa 0,35 soniyaga yaxshilandi.
Publication Date: 2026-06-14