Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida o‘smirlarning o‘zini anglash jarayonining psixologik xususiyatlari
hamda uning shaxsiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘smirlik davrida shaxsning “Men” konsepsiyasi,
identiklikning shakllanishi, refleksiya va o‘zini baholash jarayonlariga raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt
vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’limning o‘smirlarning mustaqil fikrlashi,
motivatsiyasi va akademik faolligiga ta’siri psixologik nuqtai nazardan asoslab berilgan.
Publication Date: 2026-06-05