Talaba-yoshlarni milliy kurash mashg'ulotlariga tayyorlash metodikasini takomillashtirish

Description

Mazkur maqolada talaba-yoshlarni milliy kurash mashg‘ulotlariga tayyorlash metodikasini takomillashtirish
masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi talabalarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini oshirishga
xizmat qiluvchi samarali metodik yondashuvlarni aniqlash hamda ularning amaliy samaradorligini ilmiy jihatdan asoslashdan
iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatish, qiyosiy tahlil, test sinovlari va
umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari milliy kurash mashg‘ulotlarida maxsus jismoniy tayyorgarlikni
rivojlantirish,
texnik harakatlarni bosqichma-bosqich o‘rgatish, individual yondashuvni qo‘llash hamda zamonaviy trening
vositalaridan foydalanish talabalarning sport mahorati va musobaqa faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirishini
ko‘rsatdi. Xulosa sifatida milliy kurash mashg‘ulotlarini tashkil etishda ilmiy asoslangan metodik tizimdan foydalanish sport
natijalarini yaxshilash, talabalarning jismoniy rivojlanishini ta’minlash hamda ularning sport faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini
kuchaytirishga xizmat qilishi asoslandi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20687278

Publication Date: 2026-06-05

Back to publications list


About