Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi bolalarning ijtimoiy moslashuvini ta'minlashda psixologik xizmatning o'rni

Description

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda
psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Bolalarning yangi ijtimoiy
muhitga moslashuvi, tengdoshlari va kattalar bilan samarali muloqot o‘rnatishi, ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishi
shaxs rivojlanishining muhim omili sifatida yoritilgan. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy moslashuviga
ta’sir etuvchi omillar, psixologik xizmatning diagnostik, profilaktik, korreksion-rivojlantiruvchi va konsultativ faoliyati tahlil
etilgan. Shuningdek, bolalarning ijtimoiy moslashuv darajasini oshirishga qaratilgan psixologik yondashuvlar va amaliy
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini takomillashtirish
bolalarning ijtimoiy moslashuvi samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20686396

Publication Date: 2026-06-05

Back to publications list


About