Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning intellektual va artistik kompetensiyalarini raqamli ta’lim muhitida
rivojlantirishga qaratilgan mikromodulli mobil ta’lim (M-learning) ilovasining pedagogik loyihasi taqdim etilgan. Zamonaviy
talabalarning klip tafakkuriga xos kognitiv xususiyatlari hamda smartfon texnologiyalaridan faol foydalanish tendensiyalarini
hisobga olgan holda, maqolada “Intellect-Quiz”, “Art-Trainer” va “Micro-Lecture” modullaridan iborat mobil ilovaning
pedagogik-metodik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari mikromodulli yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim
jarayoni talabalarning kasbiy kompetensiyalarini 35–43 foizga oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Mazkur loyiha bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish hamda ta’lim samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Publication Date: 2026-06-05