Ushbu maqolada maktabdan tashqari ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilarning motivatsiyasini
oshirish jarayonida psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati tahlil qilinadi. Raqobat kuchayib borayotgan ta’lim
muhitida pedagogning ichki motivi, ishga bo‘lgan qiziqishi va emotsional barqarorligi o‘quv jarayonining sifatiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois psixologik maslahat, emotsional yengillik beruvchi treninglar, stressni boshqarish texnikalari,
professional muloqot maydonlarini yaratish kabi usullar o‘qituvchilarni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning samarali
shakllari sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘qituvchilarning motivatsion ehtiyojlari, ularni rag‘batlantiruvchi va susaytiruvchi
omillar, shuningdek, psixologik qo‘llab-quvvatlashning tizimli yo‘lga qo‘yilishi maktabdan tashqari ta’limning sifat
ko‘rsatkichlarini oshirishda qanday rol o‘ynashi ilmiy asoslangan holda yoritiladi.
Publication Date: 2026-06-05