Bo'lajak maktabgacha ta'lim pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ yondashuvning pedagogik imkoniyatlari

Description

Ushbu maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ yondashuvning
pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini
rivojlantirishda kreativ yondashuvning ahamiyati va samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida pedagogik
kuzatish, ilmiy adabiyotlar tahlili, qiyosiy tahlil, umumlashtirish va tizimlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, kreativ yondashuv talabalarning mustaqil fikrlashi, muammolarni innovatsion hal etishi, kasbiy moslashuvchanligi
va pedagogik mahoratini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlandi. Shuningdek, kreativ ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishi asoslandi. Xulosa sifatida, maktabgacha
ta’lim pedagoglarini tayyorlash jarayoniga kreativ yondashuvni tizimli joriy etish kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning
muhim omili ekanligi ta’kidlandi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20686331

Publication Date: 2026-06-05

Back to publications list


About