Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishda
qo‘llaniladigan metodlarning didaktik ahamiyati, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan. Lingvistik metod, butun so‘z
metodi, butun til metodi, Pitman alifbosi hamda Montessori metodlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida har bir metodning
o‘ziga xos xususiyatlari, samaradorligi va cheklovlari aniqlangan. Maqolada metodlarni integratsiyalashgan holda qo‘llash
orqali o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qish ko‘nikmalarini samarali shakllantirish imkoniyatlari
yoritilgan.
Publication Date: 2026-06-05