Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyachi-pedagog kadrlarni
tayyorlash jarayoniga dual yondashuvni joriy etishning nazariy-metodik asoslari, amaliy mexanizmlari va istiqbollari tahlil
qilinadi. Maktabgacha ta’lim sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, Prezident farmon va qarorlari,
Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hujjatlari asosida dual ta’limni yo‘lga
qo‘yishning huquqiy, tashkiliy va mazmuniy zaminlari yoritiladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oliy ta’lim
muassasalari hamkorligida yo‘lga qo‘yiladigan dual modelning afzalliklari, kutilayotgan natijalari, mavjud muammolari
hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar beriladi.
Publication Date: 2026-06-05