ADRENOMIMETIKLAR VA ADRENOBLOKATORLAR

Description

Ushbu maqolada adrenomimetiklar, adrenoblokatorlar hamda gipotenziv vositalarning farmakologik xususiyatlari, ta’sir mexanizmlari, klinik qo‘llanilishi va zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Simpatik nerv tizimiga
ta’sir qiluvchi ushbu preparatlar yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, arterial gipertenziya, shok holatlari va boshqa patologik jarayonlarni davolashda keng qo‘llanilishi yoritildi. Maqolada α- va β-adrenoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlari, farmakodinamik va farmakokinetik xususiyatlari hamda nojo‘ya ta’sirlari muhokama qilindi. Shuningdek, zamonaviy gipotenziv vositalarning samaradorligi va ularning arterial bosimni nazorat qilishdagi o‘rni ilmiy adabiyotlar asosida baholandi. Tadqiqot natijalari ushbu preparatlarning klinik amaliyotdagi ahamiyatini tasdiqlaydi hamda ularni ratsional qo‘llash yurak-qon tomir asoratlarini kamaytirishda muhim ekanligini ko‘rsatadi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20682118

Publication Date: 2026-06-13

Back to publications list


About