Ushbu maqolada mehnat iqtisodiyoti doirasida mehnat munosabatlarini raqamlashtirish mexanizmi, uning
nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar yordamida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi
munosabatlarni optimallashtirish, mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish
masalalari yoritilgan. Shuningdek, elektron mehnat shartnomalari, onlayn monitoring tizimlari va raqamli platformalarning
ahamiyati ochib beriladi. Maqolada raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va uning salohiyatini to‘liq ochib
berish uchun huquqiy tartibga solish mexanizmlarini zamonaviy talablar asosida boyitish, axborot xavfsizligini mustahkamlash
hamda kadrlar malakasini muttasil oshirib borish kabi istiqbolli vazifalar ko‘rib chiqilib, ularni amalga oshirish
bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Publication Date: 2026-06-01