Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), yuridik
shaxslarning foyda solig‘i va jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalarining barqarorligini miqdoriy va sifat
tahlili asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. 2019–2024-yillar mobaynida amalga oshirilgan soliq islohotlari —
QQS stavkasining 20 foizdan 12 foizga bosqichma-bosqich pasaytirilishi, foyda solig‘ining 15 foiz darajasida
belgilanishi va daromad solig‘ining 12 foizlik yagona stavkada barqarorlashtirilishi — davlat byudjeti daromadlari,
investitsion iqlim va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari
ko‘rsatmoqdaki, soliq stavkalarining barqarorligi biznes muhitining prognozlanuvchanligini oshiradi hamda
xorijiy investitsiyalarni jalb etishda strategik ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, soliq siyosatini takomillashtirish
va uning uzluksizligini ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Publication Date: 2026-06-01