YER VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Description

Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblangan qishloq xo‘jaligida
yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda
iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslari hajmidagi o‘zgarishlar, aholi sonining o‘sishi hamda agrar sektorda
amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarning yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’siri
o‘rganilgan. O‘zbekistonda yillik suv iste’moli o‘rtacha 51–53 mlrd kub metrni tashkil etib, uning 90 foizdan ortig‘i
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga yo‘naltirilishi qayd etilgan. Shu bilan birga, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish
va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada
oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada transchegaraviy daryolar oqimidagi o‘zgarishlar, suvdan foydalanish
madaniyati, investitsion muhit hamda boshqaruv mexanizmlarining samaradorlikka ta’siri baholangan.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20680016

Publication Date: 2026-06-01

Back to publications list


About