TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN RESURSLAR YETARLILIGINI TA'MINLASH MASALALARI

Description

Tijorat banklarida kredit operatsiyalari samaradorligini oshirish uchun resurslar yetarliligini
ta’minlash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik
ma’lumotlari asosida bank sektorining kapital yetarliligi, likvidligi, daromadliligi va moliyaviy resurs bazasi holati
tahlil qilingan. Xususan, banklarning regulyativ kapitali, kapital yetarliligi koeffitsientlari, yuqori likvid aktivlari,
likvidlik ko‘rsatkichlari hamda rentabellik indikatorlarining dinamikasi baholangan.
Tahlil natijalari bank sektorida kredit operatsiyalarini kengaytirish va iqtisodiyotning real sektorini
moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy salohiyat shakllanganligini ko‘rsatdi. Banklar kapital bazasining
mustahkamlanishi, likvidlik ko‘rsatkichlarining xalqaro me’yoriy talablardan yuqori darajada shakllanishi hamda
rentabellik ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi kredit operatsiyalarini samarali amalga oshirishning muhim
omillari ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, kredit operatsiyalari samaradorligini yanada oshirish maqsadida
depozit bazasini kengaytirish, uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, kapitalizatsiya
darajasini oshirish va resurslarni boshqarish samaradorligini kuchaytirish zarurligi asoslab berildi.
Olingan natijalar tijorat banklarida kredit operatsiyalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish,
moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda kreditlash faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20677176

Publication Date: 2026-06-01

Back to publications list


About