Ushbu maqolada emotsional intellekt konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi.
Emotsional intellekt insonning o‘z hissiyotlarini anglash, boshqarish hamda boshqalarning emotsiyalarini tushunish va
ularga mos ravishda munosabat bildirish qobiliyatlarini ifodalaydi. Tadqiqotda emotsional intellekt nazariyasining tarixiy
ildizlari, asosiy ilmiy yondashuvlari va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, konsepsiyaning
ta’lim, boshqaruv va psixologik amaliyotdagi ahamiyati yoritiladi
Publication Date: 2026-06-05