Ushbu maqola Orolbo‘yi mintaqasida ekologik omillarning yosh sprinterlarning koordinatsion qobiliyatlariga
va musobaqa faoliyatiga ta’sirini kompleks tarzda o‘rganishga bag‘ishlangan. Orolbo‘yi mintaqasi ekologik inqiroz hududi
bo‘lib, bu yerda havoning ifloslanishi, chang-tuz zarralarining ko‘payishi va iqlim o‘zgarishlari kuzatiladi. Ushbu omillar
yosh organizmga, ayniqsa, sportchilarga fiziologik va funksional jihatdan sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda 14–15 yoshdagi
16 nafar sprinter ishtirok etib, ular tajriba (n=8) va nazorat (n=8) guruhlariga bo‘linib o‘rganildi. Tajriba guruhiga 8
hafta davomida maxsus koordinatsion mashqlar dasturi qo‘llanildi. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, koordinatsion
testlar (4×9 m mokisimon yugurish, reaksiya vaqti, Romberg testi) hamda statistik tahlil metodlari qo‘llanildi.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhida koordinatsion ko‘rsatkichlar yaxshilandi: reaksiya tezligi 13,6 % ga,
chaqqonlik 8,5 % ga yaxshilandi, muvozanat ko‘rsatkichi esa 50 % ga oshdi. Nazorat guruhida o‘zgarishlar darajasi past
bo‘ldi. Bu ekologik omillarning koordinatsion qobiliyatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini, biroq maxsus mashq dasturlari yordamida
ushbu ta’sirni kompensatsiya qilish mumkinligini isbotlaydi.
Tadqiqot natijalari ekologik jihatdan murakkab sharoitlarda yosh sportchilarni tayyorlashda adaptiv mashg‘ulot metodlarini
qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi
Publication Date: 2026-06-05