Raqamli transformatsiya jarayonida bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik mahoratni rivojlantirish

Description

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya davrida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish
masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Bugungi kunda ta’lim tizimini raqamlashtirish global miqyosdagi eng
dolzarb vazifalardan biri hisoblanib, u pedagoglardan zamonaviy texnologiyalar, raqamli didaktika hamda innovatsion
o‘qitish metodikalarini mukammal o‘zlashtirishni talab etadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi islohotlari,
xususan, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalqaro tajriba
(Janubiy Koreya, Singapur, Xitoy, Saudiya Arabistoni) qiyosiy tahlil qilingan. Raqamli ta’lim muhitida pedagogik kompetensiyalarni
shakllantirishda texnologik vositalar, xususan, sun’iy intellekt, interaktiv platformalar va masofaviy ta’lim
imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llari yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik mahoratni
rivojlantirishda nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki hamkorlik, refleksiv amaliyot va doimiy kasbiy rivojlanish (uzluksiz ta’lim)
tizimini raqamli didaktika bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada keltirilgan xulosalar oliy ta’lim
muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish va bo‘lajak o‘qituvchilarni raqamli asr talablariga mos ravishda tayyorlashda
amaliy yordam beradi. Raqamli transformatsiya sharoitida pedagogning kasbiy tayyorgarligi ta’lim sifatini oshirish
va yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashning asosiy kafolati ekanligi asoslab berilgan

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20676706

Publication Date: 2026-06-05

Back to publications list


About