Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiiy fanlarga oid dastlabki bilimlarni shakllantirishda
innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari hamda didaktik o‘yinlardan foydalanish orqali bolalarning tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlarini
rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar bolalarda kuzatuvchanlik,
mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkur va ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab
berilgan
Publication Date: 2026-06-05