Mazkur maqolada davlat mulkini samarali boshqarish masalalari ilmiy-nazariy va menejment muammosi sifatida tahlil qilingan. Unda davlat mulki va davlat aktivlari tushunchalarining iqtisodiy-huquqiy mazmuni, ularning strategik boshqaruv obyekti sifatidagi ahamiyati, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida korporativ boshqaruv, xususiylashtirish, fiskal xavflarni kamaytirish va raqamli monitoring mexanizmlarining o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda 2025–2026-yillarda qabul qilingan milliy normativ-huquqiy hujjatlar, OECD, Jahon banki va IMF hisobotlari, shuningdek, o‘zbek, MDH va xorijiy olimlarning so‘nggi ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Maqolada davlat mulkini boshqarish faqat mulkni hisobga olish yoki xususiylashtirish jarayoni emas, balki rejalashtirish, tashkil etish, baholash, monitoring, shaffoflik, hisobdorlik va natijadorlikka asoslangan kompleks menejment tizimi ekanligi asoslab berilgan.
Publication Date: 2026-06-13