Ushbu maqolada mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida shaxs badiiy modeli va uning individual ijodiy talqinlari masalasi tahlil qilinadi. Istiqlol yillarida she’riyatda inson omiliga bo‘lgan e’tiborning ortishi, shaxsning ichki olami, ma’naviy izlanishlari va milliy o‘zlikni anglash jarayonining badiiy ifodasi yoritiladi. Shuningdek, yangi estetik qarashlar asosida shakllangan lirik qahramonning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.
Publication Date: 2026-06-05