Ushbu maqolada kibr huquqi orqali electron tijoratda iste’molchi huquqlarini himoya qilishdagi huquqiy bo‘shliqlar, xalqaro standartlar va milliy qonunchilikning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — Elektron tijoratda elektron-shartnomalar tuzish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy konfliktlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Elektron tijoratda shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi, transchegaraviy nizolarni hal etish va intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq huquqiy bo‘shliqlar tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini xalqaro standartlarga (UNIDROIT, YeI direktivalari) muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Publication Date: 2026-06-05