Ushbu ilmiy maqolada iste'dodli o'zbek shoiri Mirzo Kenjabek she'riyatining lingvopoetik xususiyatlari, xususan, "Munojot" va "Quyoshga qaragan uy" she'riy to'plamlari misolida ko'chimlarning (metafora, sinekdoxa, metonimiya, jonlantirish) badiiy-estetik vazifalari tadqiq etilgan. Maqolada shoir she'rlarida qo'llangan ko'chimlarning semantik tabiati, obrazlilik yaratishdagi o'rni va muallif individual uslubiga xos lingvopoetik xususiyatlari tizimli ravishda tahlilga tortilgan. Ular orqali Mirzo Kenjabek she'riyatida tabiat, inson qalbi va koinot o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi chuqur falsafiy mazmunning yuzaga kelishi lingvokognitiv nuqtai nazardan ochib berilgan.
Publication Date: 2026-06-05